» » Yuqori Chirchiq tumanida mahalla raisi pora olayotgan vaqtda ushlandi

Yuqori Chirchiq tumanida mahalla raisi pora olayotgan vaqtda ushlandi


Joriy yilning 30-avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yuqori Chirchiq tumani “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G‘.Hamidov (1966-yilda tug‘ilgan) fuqaro D.Karimovadan 500 ming so‘m miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.

Fuqaro Karimova prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilib, qonuniy ajrashish uchun fuqarolik sudiga taqdim etilishi kerak bo‘lgan ayrim hujjatlarni tayyorlab berish evaziga “Istiqbol” mahallasi raisi G‘.Hamidov undan pora talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Yuqori Chirchiq tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют