» » Zangiotada bir oilaning 3 vakilini shafqatsizlik bilan o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi

Zangiotada bir oilaning 3 vakilini shafqatsizlik bilan o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi


18-avgust kuni Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “j” bandlarida (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi M.Musayev ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar qildi.

Sud tomonidan M.Musayevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Muqaddam joriy yilning 15-avgust kuni viloyat prokuraturasi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani “Turobobod” mahallasi Turkiston ko‘chasi 15-uyda M.Komilov (1938-yilda tug‘ilgan), Sh.Komilova (1951) va Sh.Abdiyevalarning (1967) qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.Musayevga nisbatan qidiruv e’lon qilingandi.

Zangiota tumanida noma’lum shaxs bir oilaning 3 vakilini vahshiyona o‘ldirdi

Jinoyat mazkur mahallada o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali yozib olingan videotasvir yordamida fosh etilgan. Toshkent viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan hozirgi kunda viloyat hududida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 10 mingdan ziyod videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют