» » Toshkentda tunda 32 yoshli ayolning qo‘l soati va zargarlik buyumlarini tortib olgan shaxs ushlandi

Toshkentda tunda 32 yoshli ayolning qo‘l soati va zargarlik buyumlarini tortib olgan shaxs ushlandi


Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tungi soat 02:00 larda noma’lum shaxs Qorasuv ko‘chasida yashovchi hech qayerda ishlamaydigan, 1985-yilda tug‘ilgan ayolni o‘z uyi oldida kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Noma’lum shaxs ayolning 30 ming so‘m puli, qo‘l soati va ikki turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumini olib ketdi.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Yashnobod tumani Birlashgan ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1988-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ushbu jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют