» » Bosh prokuratura tuman prokurori yordamchisining 700 ming dollar pora olgani haqidagi xabarni izohladi

Bosh prokuratura tuman prokurori yordamchisining 700 ming dollar pora olgani haqidagi xabarni izohladi


Internet tarmog‘ida muqaddam tuman prokurori katta yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxs poytaxt fuqarosi va “Turkiston” banki xodimlarining jinoyat ishlari bo‘yicha masalalarini “hal qilib berish”ni va’da qilganligi haqida xabar tarqalgan. Shuningdek, materialda uning 700 ming AQSh dollarini pora sifatida olganligi qayd etilgan, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda yuqoridagi holat bo‘yicha 2013-yilda XOATB “Turkiston bank” xodimlariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov qilingan jinoyat ishi doirasida qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib berish uchun 300 ming AQSh dollarini aldov va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan olganligi yuzasidan bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchilar mansabdor shaxslar hisoblanmaydi va hech qanday xizmat mavqeyiga ega emas.

“Toshkent viloyati Nurafshon shahar prokuraturasining ish yurituvida prokuratura organlarining sobiq xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud emas. Tergov siri nuqtai nazaridan jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar hozirda oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emas”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 13:52)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют