» » O‘zbekistonda ayblanuvchining jazolanmasligi uchun undan 200 ming dollar pora olgan shaxs ushlandi

O‘zbekistonda ayblanuvchining jazolanmasligi uchun undan 200 ming dollar pora olgan shaxs ushlandi


Jinoyat ishlari yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari davomida alohida shaxslar jinoyat ishlariga aloqadorlarning qarindoshlari ishonchiga kirib, ularni jinoyat ishlarini ijobiy hal etish uchun pora berish zarurligi haqidagi yolg‘on ma’lumotga ishontirib, firibgarlik yo‘li bilan ularning pul mablag‘lari va moddiy boyiklarini qo‘lga kiritayotganliklari holatlari aniqlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 25-aprel kuni bayonot berdi.

Xususan, javobgarlikka tortilmasligini go‘yoki mansabdor shaxslarga pora berish orqali ta’minlash evaziga ayblanuvchi Ya.M.ning 200 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘larini yuqori qayd etilgan yo‘l bilan qo‘lga kiritgan fuqaro A.Sarkisyan 2018-yil 22-aprel kuni Bosh prokuratura tomonidan qo‘lga olingan.

Bosh prokuratura axborotida ayblanuvchining ham, uni aldab, pullarini qo‘lga kiritish gumoni bilan ushlangan shaxsning ish joylari, lavozimlariga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Bosh prokuratura tomonidan Hi-Tech Bank mutasaddilari qamalmasligini ta’minlash evaziga ulardan 500 ming dollar miqdorida pora olgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Hi-Tech Bank mutasaddilari qamalmasligi uchun ulardan 500 ming dollar pora olgan shaxslar qo‘lga olindi

“Hurmatli fuqarolar, jinoyat ishlariga aloqador shaxslarning yaqinlari va qarindoshlari! Qayd etib o‘tilgan salbiy holatlardan kelib chiqib, Bosh prokuratura hushyor bo‘lishga, yolg‘on va’dalarga ishonmaslikka, bu kabi kimsalarning to‘riga tushib qolmaslikka chaqiradi va bunday holatlar haqida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qilishni so‘raydi”, — deyiladi idora axborotida.

Izoh: Bosh prokuratura axborotida keltirilgan ism-shariflar va initsiallar tergov manfaatlaridan kelib chiqib o‘zgartirilgan.

Mavzuga doir: Buxoroda fuqaroni qo‘rqitib, bir kunda 500 ming dollarni qo‘lga kiritgan “soxta DXXchilar” Qozonda ushlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют