» » Chinozda o‘quvchini bir kollejdan boshqasiga o‘tkazish uchun pora olgan maktab o‘qituvchisi ushlandi

Chinozda o‘quvchini bir kollejdan boshqasiga o‘tkazish uchun pora olgan maktab o‘qituvchisi ushlandi


Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hamkorlikda Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida tumandagi 38-son maktab o‘qituvchisi B. Tashbayev fuqarolar ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan ulardan 2 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Xususan, fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ariza bilan murojaat qilib, unda B. Tashbayev ta’lim tizimi organlarida ishlab kelayotgan tanishlari orqali uning qizini Qurilish va iqtisodiyot kollejidan Tibbiyot kollejiga o‘tkazib berish uchun dastlab 1000 dollar va 500 ming so‘m olganini, keyinchalik yana 500 dollar talab qilayotganini bildirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28-211-moddalari bilan (firibgarlik va pora berishga undash) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют