» » Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimi pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimi pora olayotganda ushlandi


Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ichki ishlar organi xodimi pora olayotganda ushlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan mahkuma Sh. Xatamova viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ariza bilan murojaat qilib, mazkur muassasa xodimi undan jazoni o‘tash davomida yengil shart-sharoitlar yaratish evaziga pora talab qilayotganligini bildirgan.

Ariza asosida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida Toshkent viloyati IIB JIEBga qarashli 14-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimi M. Isakjanov ariza muallifining qizi Z. Ibragimovadan 1 million so‘m va 200 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan M. Isakjanovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют