» » Sariosiyoda 21 yoshli yigit 40 ming dollarlik geroinni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

Sariosiyoda 21 yoshli yigit 40 ming dollarlik geroinni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi


Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikdagi harakatlari natijasida narkotik sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Nurobod mahallasida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan yigit 1 kilogramm 215 gramm miqdoridagi geroin giyohvandlik moddasini 40 ming dollarga sotayotgan paytida qo‘lga olindi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют