» » Hi-Tech Bank mutasaddilari qamalmasligi uchun ulardan 500 ming dollar pora olgan shaxslar qo‘lga olindi

Hi-Tech Bank mutasaddilari qamalmasligi uchun ulardan 500 ming dollar pora olgan shaxslar qo‘lga olindi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoyat ishiga aloqadorlar va ularning yaqinlarining ishonchiga kirib, ishning ijobiy hal etilishi uchun pora berish zarurligi haqidagi yolg‘on axborot bilan ularning katta miqdordagi pul mablag‘lari yoki moddiy boyliklarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Bosh prokuraturadan ma’lum qilishlaricha, Hi-Tech Bank’da o‘tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarni kamaytirib ko‘rsatish hamda ularga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasini qo‘llamasdan, yengillik berish uchun bankning ikki mutasaddisidan firibgarlik yo‘li bilan 500 000 (besh yuz ming) dollar pul olgan ikki shaxs qo‘lga olingan.

Prokuratura axborotida qo‘lga olingan gumonlanuvchilarning ish joyi va lavozimlariga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga doir: Buxoroda fuqaroni qo‘rqitib, bir kunda 500 ming dollarni qo‘lga kiritgan “soxta DXXchilar” Qozonda ushlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют