» » Bishkekda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga gaz yetkazib berishni va’da qilgan erkak qo‘lga olindi

Bishkekda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga gaz yetkazib berishni va’da qilgan erkak qo‘lga olindi


Bishkekda Pervomaysk tumani Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari 4-may kuni firibgarlikda gumonlanayotgan Vyacheslav A.ni hibsga oldi. U 2008-yildan buyon qidiruvda edi. Bu haqda Bishkek IIBB matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “1news.uz” xabar bermoqda.

Vyacheslav A. poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish bahonasida uni loyiha uchun pul ajratishga ko‘ndirdi.

“Jabrlanuvchi o‘z uyida Vyacheslavga o‘n ming dollar berdi. Gumonlanuvchi o‘n ming yetmasligi bahonasida undan yana 22 ming dollar oladi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

2008-yilning martida Vyacheslav O‘zbekistondan jabrlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shimcha sakkiz ming dollar zarur ekanligini ma’lum qilgan. Jabrlanuvchi pullarni bank orqali yuborgan. Jinoyatchi boshqa xarajatlarni ro‘kach qilib, yana to‘rt ming dollarni qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa, jabrlanuvchiga jami 44 ming dollar moddiy zarar yetkazilgan. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют