» » Toshkent viloyatida tergovni ijobiy hal qilib berish uchun 8 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida tergovni ijobiy hal qilib berish uchun 8 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyati prokuraturasi organlari tomonidan korrupsiya holatlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Toshkent viloyati “Barkamol Avlod” bolalar ijodiyot markazi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi davomida aniqlanishicha, mazkur markazning sobiq xodimi, hozirda “El madad” kompaniyasi ish yurituvchisi O.S. (1991 yilda tug‘ilgan) markaz mansabdor shaxslarining ishonchiga kirib, ulardan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasidagi masalalarni “ijobiy hal qilish” evaziga pul mablag‘lari talab qilib kelayotganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor-tergov tadbiri jarayonida O.S. markaz mansabdor shaxslaridan 8 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

“Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.S.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi”, — deyiladi viloyat prokuraturasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют