» » AQSh kompaniyasi quyosh nurlaridan quvvatlanuvchi simsiz quloqchinlarni namoyish etdi. Ular “deyarli cheksiz” ishlaydi

AQSh kompaniyasi quyosh nurlaridan quvvatlanuvchi simsiz quloqchinlarni namoyish etdi. Ular “deyarli cheksiz” ishlaydi


AQShning JBL kompaniyasi Reflect Eternal simsiz quloqchinlarni ishlab chiqarish uchun ijodiy loyihalarni moliyalashtirishga yordam beruvchi Indiegogo saytida mablag‘lar yig‘ishni boshladi, deb xabar bermoqda TJournal.

Qayd etilishicha, ushbu quloqchinlarning eng muhim xususiyati quyosh energiyasidan quvvatlanishidir. Shu sababli JBL ular “deyarli cheksiz” ishlashini ta’kidlamoqda.

Kompaniya Shvetsiyaning Exeger kompaniyasining Powerfoyle materialidan foydalanadi — u quloqchinlarning chambarak (obodok)ini qoplab turadi. Qurilma yaratuvchilarning ta’kidlashicha, ushbu material quloqchinni doimiy quvvatlantirish uchun quyosh nuri va hatto sun’iy nurni energiyaga aylantirib beradi. Ammo to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri ta’sir qilmasa, quvvatlantirish jarayoni sezilarli darajada sekinlashadi.

JBL’da ta’kidlanishicha, ideal sharoitdagi ko‘chada bir yarim soat bo‘lish qurilmada 68 soat musiqa tinglash uchun yetadi. Ikki yarim soat bo‘lish esa quloqchining “deyarli cheksiz” ishlashiga imkoniyat yaratadi.

Shu bilan birga, Reflect Eternal quloqchinini an’anaviy usulda — kabel yordamida quvvatlantirish mumkin. Qurilma yaratuvchilari bunday usulda 15 daqiqa quvvatlantirilsa, quloqchin 2 soat ishlashini aytmoqda.

Hozircha ushbu quloqchinlar konsept boshqichida turibdi. U 2020-yilda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Qurilma AQSh va Germaniyada 165 dollarda sotiladi, ammo birinchi bo‘lib buyurtma qilganga chegirma narxda, 99 dollarda sotiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют