» » Devis kubogi. O‘zbekistonning asosiy figurasi Denis Istomin jarohati sabab Hindistonga qarshi o‘ynolmaydi

Devis kubogi. O‘zbekistonning asosiy figurasi Denis Istomin jarohati sabab Hindistonga qarshi o‘ynolmaydi


Ertaga — 7-aprel kuni tennis bo‘yicha O‘zbekiston termasi Hindistonning Bangalor shahrida norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasida mezbonlarga qarshi o‘yin o‘tkazadi, deb yozdi “Olamsport”.

Bugun — 6-aprel sanasida bellashuvlarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Beshta o‘yindan iborat uchrashuvlar 7—9-aprel kunlari o‘tkaziladi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklar safida yo‘qotish bor. Mamlakatning birinchi raketkasi Denis Istomin jarohati sabab hindistonlik tennischilarga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ayni paytda Istomin Toshkentda bo‘lib turibdi. Uning tovon qismi jiddiyroq jarohatlangani aytilgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Pyotr Lebed so‘nggi kungacha Istominning o‘ynay olishiga umid qilgan. Ammo, shifokorlar Denisga ruxsat bermagan.

Bangalor kortlarida O‘zbekiston nomidan uch nafar tennischi kortga chiqadi: Sanjar Fayziyev, Temur Ismoilov va Jo‘rabek Karimov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston termasi avvalgi bosqichda Janubiy Koreyani taslim qilgan bo‘lib, o‘shanda Istomin ikki o‘yinda g‘olib chiqqan, juftlik bahslarida ham jamoasiga yordam berib, uni keyingi bosqichga olib chiqqandi.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют