» » Putin Leninning jasadini mavzoleydan olib chiqish kerak emasligini aytdi

Putin Leninning jasadini mavzoleydan olib chiqish kerak emasligini aytdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikriga ko‘ra, Lenin jasadini mavzoleydan olib chiqmaslik kerak. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Rossiya prezidenti ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Putinga Lenin boshqaruvini tanqid qilgani, uning jasadini olib chiqilishi yoki chiqilmasligi haqida savol bergan.

Prezident Leninni davlat arbobi emas, balki inqilobchi bo‘lgan, deb aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lenin bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ygan. Birinchidan, Sovet Ittifoqi ba’zi respublikalarining hududlari mahalliy xalqlarining an’anaviy yashash joylariga mos bo‘lmagan. Ikkinchidan, Lenin davrida Kommunistik partiya SSSR bilan bog‘langan va u qulaganidan keyin u ham parchalanib ketgan.

“Mavzoleydan Lenin jasadini olib chiqish masalasini ko‘tarish kerak emas. Qanday bo‘lmasin, bizda o‘z hayoti, taqdiri va o‘tmishdagi ma’lum yutuqlarini shu bilan bog‘laydigan ko‘plab odamlar bor. Sovet Ittifoqi jahon proletariatining dohiysi — Vladimir Ilich Lenin bilan bog‘liq”, — dedi Vladimir Putin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 01:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют