» » 1-yanvardan Toshkentdagi 200 ta avtobusga statsionar validatorlar o‘rnatiladi

1-yanvardan Toshkentdagi 200 ta avtobusga statsionar validatorlar o‘rnatiladi


Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent shahri jamoat transportida 2020-yilning 1-yanvaridan yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashgan tizimi joriy qilinishi haqida xabar berilgan edi. Toshkent shahar hokimligi mazkur tizim qanday tartibda yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lumot berdi.

Mavzuga doir: Toshkent jamoat transportida 2020-yil 1-yanvardan QR-kodli chiptalar joriy etiladi

Jamoat transportini avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?

2020-yil 1-yanvardan Toshkent shahridagi jamoat transportida yo‘lovchi tashishda yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi. Mazkur tadbir bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

2019-yil dekabr oyi oxirida metropoliten kassalari va “Toshshahartransxizmat” AJ savdo shoxobchalarida hamda Aloqabank filiallarida transport kartalari sotilishi boshlanadi.

“Toshshahartransxizmat” AJ avtomatlashtirilgan tizimga o‘tishga tayyormi?

Yangi to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yish ishlari BPC billet group xalqaro xolding kompaniyasi hamda “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu kompaniyaning Rossiyadagi filiali mutaxassislari “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining haydovchi va chiptachilari hamda g‘aznachilariga o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Ularda ishtirokchilarga elektron to‘lov amaliyoti, jamoat transportiga validatorni qanday o‘rnatish va ulardan foydalanish tartib-qoidalari, yangi yo‘l kartalarining afzalligi va boshqa mavzuga oid ko‘nikmalar o‘rgatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda Toshkent shahrida harakatlanayotgan 200 ta avtobusga statsionar validator o‘rnatiladi. Qolganlarida esa chiptachilar qo‘lida mobil validator bo‘ladi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Ushbu tizim doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalari, to‘lovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova hamda bir martalik QR chiptalar joriy etiladi. Mazkur kartalarni savdo nuqtalari, metropoliten, avtovokzal, temir yo‘l kassalari va aeroportlardan sotib olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur tizimda yo‘l haqi uchun to‘lovlarni kontaktsiz bank kartalari (Humo, Uzcard, Mastercard, Viza va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Yagona transport kartalarini bank plastik kartalaridagi mablag‘lar, bankomatlar, kioskalar, to‘ldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, yangi tizimning yo‘lga qo‘yilishi natijasida yo‘l haqidan keladigan tushumlar miqdori 15—25 foizga ko‘payadi, tashuvchi korxonalarning daromadlari oshishi orqali harakat tarkibini tizimli yangilashga sharoit yaratiladi. Shuningdek, yo‘nalish tizimlarini maqbullashtirish va samarali rejalashtirish uchun texnologik asoslar yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют