» » AQShning Kaliforniya shtatida haydovchisiz avtomobillarning pochta jo‘natmalarini tashishiga ruxsat etildi

AQShning Kaliforniya shtatida haydovchisiz avtomobillarning pochta jo‘natmalarini tashishiga ruxsat etildi


Kaliforniya shtatida haydovchisiz avtomobillarda mahsulotlarni yetkazib berishga ruxsat etildi. 2020-yil yanvar oyi o‘rtalaridan boshlab kompaniyalar bunday haydovchili va haydovchisiz boshqariladigan mashinalarni, shuningdek ular orqali yetkazib berish uchun to‘lovlarni qabul qilishni sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda “Dmv.ca.gov” xabar berdi.

Ko‘plab kompaniyalar odamlar uzog‘ini yaqin qilish bo‘yicha haydovchisiz taksilarni test qilmoqda. Jo‘natmani yetkazib beruvchi mashinalar ikki xil bo‘ladi: robot-eltib beruvchilar hamda katta bo‘lmagan haydovchisiz avtomobillar. Birinchi turga mansub yetkazib beruvchilar kichik jo‘natmalarni tashiydi va piyodalar yo‘lagida harakatlanadi. Ikkinchi turdagi haydovchisiz mashinalar yaqin atrofdagi do‘kondan mahsulotlarni keltirib beradigan kichik yo‘llarda ishlaydi.

Ikkinchi turdagi to‘liq haydovchisiz ishlab yetkazib beruvchi avtomobillar kompaniyalarga katta daromad keltirishi mumkin, biroq ularning rivojlanishi sekin sur’atlarda kechadi va barcha foydalanadigan umumiy yo‘llarda bunday avtomobillar va robotlarni sinovdan o‘tkazishning imkoni bo‘lmaydi. Kaliforniya avtotransport departamenti shtat yo‘llarida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazish va ishga tushirish qoidalariga o‘zgartirish kiritgan. Endi kompaniylarga qonuniy ravishda yo‘llarda avtomatik ravishda pochta jo‘natmalarini yetkazib berishga ruxsat etiladi.

Mavzuga doir: Berlinda haydovchisiz mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi qoidalarga ko‘ra, kompaniyalar 4,54 tonnagacha og‘irlikdagi avtonom yetkazib beruvchilar bo‘yicha departamentdan ruxsatnoma olishi lozim. Departament misol tariqasida ushbu og‘irlikdagi minivenlar, o‘rtacha pikaplar va passajir tashuvchi mashinalar keltirilgan. Haydovchisiz yetkazib beruvchilarga ham yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchisiz mashinalarga qo‘yilgan talablar belgilanadi.

Mavzuga doir: Hyundai haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd sarflaydi

Kompaniyalar ikki xil sinovni amalga oshirish bo‘yicha ruxsatnoma olishi mumkin (haydovchi bilan va haydovchisiz). Yangi qoidalar 30 kundan keyin ya’ni 2020-yil 17-yanvarda kuchga kiradi.

Bir nechta kompaniya Amerika yo‘llarida haydovchisiz eltib beruvchilarni sinovdan o‘tkazmoqda, biroq bu testlar Kaliforniyaga taalluqli emas. Masalan, Nuro Texas shtatidagi Xyustonda mijozlarga pitssa yetkazib beradi. Kompaniya haydovchi kabinasi, yo‘lovchilar saloniga ega bo‘lmagan o‘z ixcham avtomobilida xizmat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют