» » Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi yo‘l nega yana yopib qo‘yilganiga oydinlik kiritdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi yo‘l nega yana yopib qo‘yilganiga oydinlik kiritdi


O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining “Zarafshon” zali Media hall’ida “Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar” munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘l nega yana yopib qo‘yilgani haqidagi savolga javob qaytardi.

“So‘x masalasi haqiqatan ham juda muhim masala. Qirg‘iziston bilan 1476 kilometrlik chegaraga egamiz. Shundan 2017-yil 5-sentabrda davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida 1753 kilometrga imzoladik, undan keyin qilgan ishimizda 305 kilometri qolgandi, hozir esa atigi 49 kilometr qolgan, xolos. Faqatgina uni tasdiqlashimiz kerak. Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasida 21 ta chegara punkti bor, shundan 14 tasi to‘laqonli ishlayapti. Qirg‘izistonning birgina ‘Do‘stlik’ chegara punktidan oddiy kunlari bir sutkada 31 ming odam o‘tyapti, shanba—bozor ko‘proq. Oldin 100—200 kishi o‘tardi.

Ikkinchidan, So‘x masalasi. Biz chegaraning ochilishidan bir kun oldin borgandik. Borib aholi bilan gaplashdik, ko‘rib chiqdik. So‘xda juda katta ish qilingan, o‘sha yerda 80 mingdan ortiq aholi yashaydi, ular bizning fuqarolar, lekin tojik millatiga mansub, etnik tojiklar. Sharoitlari yomon emas, juda yaxshi. Faqatgina bitta muammo — yo‘l edi. Biz Qirg‘iziston tomoni bilan kelishdik, yo‘llar ham ochildi. O‘shanda juda katta tantana bilan ochildi, non-tuz berildi, konsertlar qo‘yildi, tantanali gaplar gapirildi, biz tomondan Farg‘onaning hokimi, ular tomonidan Batkenning hokimi bo‘ldi, diplomatlar bo‘lishdi. Ammo ikki kundan keyin yopib qo‘yildi. Buning sababi nimadan iborat, ular nimani bizga ro‘kach qilyapti? Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining a’zosi, ularda savdo rejimi bizning chegaradagi rejimlardan farq qiladi. Shuning uchun ham biz chegarani shunga kelishishimiz, moslashishimiz kerak, shu savdo rejimini bir-birimizga moslashtirishimiz lozim, degan bahona bilan berkitib qo‘yildi.

Biz hozirgi kunda muzokara olib boryapmiz. Yangi yildan keyin ular bizga taklif qildi..., mana, 18—19-dekabr kunlari uchrashuv qilishimiz kerak edi, lekin saylovlar bilan bo‘lib, bizdagi tadbirlar bilan bo‘lib, biz uchrasholmadik. Yangi yildan keyin uchrashamiz, ularga hozir bitimni berganmiz, nafaqat So‘x, balki Shohimardon... Shohimardon ham bizning katta anklav, Shohimardonda bizning 6 ming aholimiz yashaydi, uning 41 kilometr chegarasi bor, uni biz to‘la rasmiylashtirdik. Shuning uchun hozir ular bilan faqat yo‘l masalasini kelishishimiz kerak. Bitim imzolansa, kelajakda hech qanday muammo bo‘lmaydi”, — deydi Ilhom Ne’matov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют