» » Navoiyda profilaktika inspektori yordamchisi yarim kechasi chaqaloq tug‘dirdi

Navoiyda profilaktika inspektori yordamchisi yarim kechasi chaqaloq tug‘dirdi


Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Toshquloq” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori yordamchisi Sobir Eshnazarov to‘lg‘og‘i kelgan ayolga yordam ko‘rsatib, uning farzandini dunyoga keltirishiga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 19-dekabrga o‘tar kechasi soat 03:30 atrofida yuz bergan. O‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Sobir Eshnazarov Jamoatchilik nazorat maskani yaqinidagi do‘kon oldida bir ayolning baqirayotganini eshitib qolgan. Zudlik bilan ovoz chiqayotgan tomonga borgan vaqti bir homilador ayol tuproqqa belanganicha yordam so‘rayotganini ko‘rgan.

Sobir Eshnazarov zudlik bilan vaziyatni tushunib, o‘zi kiyib yurgan ustki kiyimini yechib, ayolning o‘z imkoniyatini ishga solib, farzand tug‘ishiga yordam ko‘rsatgan. “Bu harakati bilan Sobir Eshnazarov ona va farzandning tirik qolishiga sababchi bo‘lgan”, — deyiladi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Shundan so‘ng zudlik bilan qo‘l telefonida tuman tez yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar ona va bolani Xatirchi tuman tug‘uruq bo‘limiga olib ketgan. “Hozirda ularning salomatligi yaxshi holatda ekanligini shifokorlar tasdiqladi”, — deyiladi viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Xatirchi tumani tug‘uruq bo‘limi navbatchi vrachi Ravshan Eliyevning so‘zlariga ko‘ra, ona va bolaga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmaganida, ularning hayotini saqlab qolish mushkul bo‘lardi, shu sababli ham profilaktika inspektori yordamchisining ko‘rsatgan jasorati ayni muddao bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют