» » Urugvaylik mashhur hujumchi Diyego Forlan bosh murabbiyga aylandi

Urugvaylik mashhur hujumchi Diyego Forlan bosh murabbiyga aylandi


Madridning “Atletiko” hamda Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Diyego Forlan bosh murabbiylik faoliyatini boshladi.

Forlan Urugvayning “Penyarol” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bunga qadar Forlan klub texnik direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

U jamoada iste‘foga chiqarilgan Karlos Sanches o‘rinini egalladi.

40 yoshli Forlan vaqtida “Manchester Yunayted”, “Vilyarreal”, “Atletiko” klublarida to‘p surgan. Uning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi klubi esa Gonkongning “Kitchi”si bo‘ldi. 2019-yil avgustida esa futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini e’lon qilgan.

Diyego Urugvay terma jamoasi safida 2002—2014-yillarda harakat qilib, 112 ta o‘yin o‘tkazgan va 36 ta gol urgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют