» » Urugvay termasi afsonalaridan biri Diyego Forlan Gonkong klubi bilan shartnoma tuzdi. Endi u OChLda o‘ynaydi

Urugvay termasi afsonalaridan biri Diyego Forlan Gonkong klubi bilan shartnoma tuzdi. Endi u OChLda o‘ynaydi


38 yoshli hujumchi Diyego Forlan faoliyatini Gonkongning “Kitchi” klubida davom ettiradi. Bunga qadar u faoliyatini yakunlagani borasida xabarlar bor edi.

“Kitchi” 2018-yilgi mavsum Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etadi. U musobaqaning “E” guruhidan joy olgan. Bu zonada, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Chonbuk Motors” hamda Tailandning “TBC” klublari ishtirok etadi. To‘rtinchi klub nomi 30-yanvar kungi pley-off o‘yinlaridan keyin aniq bo‘ladi.

Forlanning Gonkong klubi bilan shartnomasi qanchaga mo‘ljallangani va u o‘z ichiga qanday shartlarni olgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. Diyego so‘nggi bor 2016-yil Hindistonning “Mumbay Siti” klubi safiga borib qo‘shilgandi.

Urugvaylik hujumchi karyerasi davomida “Manchester Yunayted”, “Vilyarreal”, “Atletiko”, “Inter” kabi mashhur jamoalarda to‘p surgan. Urugvay terma jamoasi safida 112 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urishning uddasidan chiqqan. 2010-yilgi Jahon Chempionatida Urugvay yarim finalga qadar yetib borgan bo‘lib, Diyego Forlan turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingandi.

Gonkong klubi Forlan uchun Osiyo qit’asidagi uchinchi vakil bo‘ldi. Hindistonga qadar u Yaponiyaning “Sereso Osaka” klubi safida ham to‘p tepgandi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют