» » O‘zbekistonda 27-dekabr kuni havo iliq bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin

O‘zbekistonda 27-dekabr kuni havo iliq bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin


Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 27-dekabr, juma kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3—8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—5 daraja iliq, kunduzi 15—17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3—8 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4—9 daraja iliq, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют