» » O‘zbekistonning ayrim hududlarida 5-dekabr kuni shamol turib, yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 5-dekabr kuni shamol turib, yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin


“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, 5-dekabr, payshanba kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4—6 daraja iliq, kunduzi 15—17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, bazi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tuman bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, bazi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, bazi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tuman bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda tezlikda esadi, bazi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4—9 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4—9 daraja iliq, kunduzi 14—19 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja iliq, kunduzi 18—23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirb, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют