» » “O‘zgidromet” dam olish kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” dam olish kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi


“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 24-noyabr, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 2—4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—15 daraja, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10—15 daraja, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qish faslining boshida qanday ob-havo kutilayotgani aytildi

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund  tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 4 daraja sovuq — 1 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют