» » O‘zbekiston Turkmaniston bilan chegaraoldi hududlarini almashadi

O‘zbekiston Turkmaniston bilan chegaraoldi hududlarini almashadi


O‘zbekiston qo‘shni Turkmaniston bilan chegaraoldi hududlarini almashadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiyaning “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Ilhom Ne’matov muxbirning Qozog‘iston va Turkmaniston bilan chegara hududlarida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan bergan savoliga quyidagicha javob bergan:

Ayni vaqtda Turkmaniston va Qozog‘iston bilan qizg‘in ruhdagi muzokaralar olib boryapmiz. Nasib qilsa, kamida 2020-yilning birinchi yarim yilligida Qozog‘iston bilan chegara hududini to‘liq belgilab olish bo‘yicha kelishuv imzolanadi. Muzokaralar jarayoni yakuniga yetib bormoqda.

Turkmaniston bilan ham shunday natijaga erishiladi. Bu borada ham demarkatsiya jarayoni amalga oshirilishi belgilangan, muzokaralar muvaffaqiyatli kechmoqda. Ushbu masalalarga o‘zaro manfaatli muzokaralar orqali yechim topilmoqda. Turkmaniston ham, O‘zbekiston ham bu kabi kelishuvlardan manfaatdor. Paritet almashinuvlar ham amalga oshiriladi.

Ilhom Ne’matov, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari intervyu davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil fevral oyi boshida Rossiyaga safar qilishi, keyinroq Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 9-may kuni Moskvada bo‘ladigan bayram tantanalarida qatnashishi haqida gapirgan. Shuningdek, Ilhom Ne’matovning “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga qo‘shilish O‘zbekiston uchun iqtisodiy jihatdan foydali ekanligi qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют