» » Samarqandda yuk mashinasi piyodani urib yuborib qochib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Samarqandda yuk mashinasi piyodani urib yuborib qochib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi


Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 60 yoshli fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Voqea 26-dekabr kuni soat 10:30 larda yuz bergan. Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 25-kilometrida noma’lum haydovchi noma’lum transport vositasi bilan yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 60 yoshli piyoda J.T.ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda piyoda J.T. voqea joyida halok bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Navoiy viloyatida yashovchi 57 yoshli haydovchi S.E. o‘z boshqaruvidagi Mersedes-Bens rusumli yuk avtomobilida sodir etgani aniqlangan.

Haydovchi shu kunning o‘zida ushlangan.

Mavzuga doir: Dang‘arada beton to‘siqqa urilgan Lacetti yonib ketdi. Ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют