» » O‘zbekistonda jismoniy shaxslar mol-mulkiga chegara belgilanganmi? DSQ inspektori bunga izoh berdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar mol-mulkiga chegara belgilanganmi? DSQ inspektori bunga izoh berdi


Ko‘plab murojaatlarda jismoniy shaxslarning mol-mulkida chegara belgilangan yoki belgilanmaganligi haqida so‘rashadi, deb yozmoqda “Soliq plus”.

Mol-mulkning oshib borishi bilan soliq miqdori qay darajada o‘zgaradi? Bu ko‘pchilikni qiziqtiradi. Davlat soliq qo‘mitasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Navro‘z G‘aniyev nashrga ushbu masala yuzasidan izoh berdi.

Uning aytishicha, Soliq kodeksining tegishli moddalariga asosan mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el fuqarolari, agar O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir.

O‘zbekiston hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyektidir.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.

Jismoniy shaxslar soliq solish obyektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganda yoxud bu obyektlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkalarda soliqqa tortiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1-yanvarga bo‘lgan holatiga ko‘ra kadastr qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Prezidentning 2018-yil 26-dekabrdagi qarorining 15-ilovasiga asosan quyidagi stavkalar asosida soliqqa tortiladi:

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib belgilanadi, biroq 42 000 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholovchi organlar belgilagan kadastr qiymati bo‘lmasa, soliq undirish uchun Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyat markazlarida 210 000 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 90 000 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.

2019-yilda hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2018-yilda hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘yilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.

Mol-mulk solig‘ining to‘lov muddati hisobot yilining 15-oktabriga qadar etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 117) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют