» » Xonanda Dilfuza Ismoilova: Ahmadboyga pul emas, mashina bergandim. Mashinaga kuydim

Xonanda Dilfuza Ismoilova: Ahmadboyga pul emas, mashina bergandim. Mashinaga kuydim


Xonanda Dilfuza Ismoilova jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusi davomida u Ahmadboyni maqtagani aks etgan videorolikni yodga olib, “Ahmadboyga pul berganmisiz?”, — qabilidagi savolga javob qaytardi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, Ahmadboyning unga “hech yomonligi tegmagan”. “U bizni har doim to‘yga aytardi. Shuning uchun uni maqtab, duo qilib qo‘yganmiz”, — dedi Dilfuza Ismoilova.

Ahmadboyga pul bermaganman. Mashina bergandim. Mashinaga kuydim. U ham bir inson. Beayb Parvardigor. Do‘stga ham, dushmanga ham aytadiganim — omadini bersin!

Dilfuza Ismoilova, xonanda

Dilfuza Ismoilova o‘tgan yil iyulida bergan intervyularining birida Ahmadboyni “qarindoshlarimdan biri” deb atagan, uni maqtab duo qilib qo‘yganida esa “nomaqbul holat yo‘q”ligini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, bir necha yil davomida ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan, chinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmad Tursunboyev 2016-yilning 15-iyun kuni huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan edi.

Ahmadboy hibsga olinganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlar va ommabop messenjerlarda unga pul bergani taxmin qilingan san’atkorlarning ro‘yxatlari paydo bo‘ldi. Aniqligi gumon ostida bo‘lgan bu ro‘yxatlarga kiritilgan san’atkorlarning ba’zilari, xususan, Munisa Rizayeva, Ra’no Yarasheva, Adham Soliyev kabilar Ahmadboyga pul berganini rad etib chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют