» » Xonanda Lola: 2017-yilda shaxsiy hayotimda o‘zgarishlar bo‘ladi

Xonanda Lola: 2017-yilda shaxsiy hayotimda o‘zgarishlar bo‘ladi


Xonanda Lola “Darakchi.uz” gazetasiga bergan intervyusi davomida shaxsiy hayoti va ijodida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Faqat harakatda bo‘lish odamni charchatadi. Hayotni faqat ish bilan bog‘lash, nuqul shoshib yurish bilan umr o‘tib ketayotganini sezmay qolamiz. Bu noto‘g‘ri, nazarimda. Chunki hayotdagi boshqa muhimroq narsalar, nazardan chetda qolib ketishi mumkin. Shuning uchun ham tanaffus kerak. Shundagina tinchlanib, atrofga nazar tashlashga imkon tug‘iladi.

So‘nggi uch-to‘rt oy davomida hayotimda shunday payt bo‘ldiki, ijoddan to‘xtadim. O‘zimga-o‘zim: “Xo‘sh, keyingi manzil nima? Unga erishganimdan keyin nima bo‘ladi? Kasbimdagi maqsadlarimga yetib bordim, keyin-chi? Buning oxiri qanday yakun topadi?”, — kabi savollar bera boshladim. Qalbim bu yo‘sinda davom etishimga qarshi edi.

Aslida, mening o‘y-xayollarim, maqsadim bunday emas, hayotimdagi boshqa narsalar men uchun afzalroq ekan. Sa’natdagi o‘rnimni o‘ylab, tasvirga olish maydonchalarida kuyib-pishib yurishdan ko‘ra, bolalarim bilan uyda, turli mashg‘ulotlar bilan vaqt o‘tkazish yoqimliroq ekanini anglab yetdim. Bolalarimning bolaligi, buguni, ko‘z oldimdan, kino tasmadek o‘tib ketishini istamayman. Daqiqalar bilan yashashni xohladim.

2017-yil shaxsiy hayotimda bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi, rejalarim ko‘p. Shuning uchun hozir ijodim to‘g‘risida gapirib, muxlislarimni umidlantirib qo‘yishni istamayman. Ammo bu bilan “San’atni tark etaman” deya balandparvoz gaplar aytmoqchi emasman.

Chunki, ijodkor doim izlanishda, faoliyatda bo‘lishi kerak. Uni bu imkoniyatdan mahrum etish noto‘g‘ri. Bu unga nafas olishni taqiqlagandek gap. Ishoning, bu gaplarni men o‘z tajribamdan kelib chiqib, bu og‘riqni his etgan inson sifatida aytyapman.

Kelajakda qalbim buyurganda, qo‘shiqlarim bilan tinglovchilarimni bahramad etib turaman. Lekin oldindan biror muddatni ayta olmayman.

Lola, xonanda

Avvalroq xonanda Lola sevgan insonini ikki yil avval uchratganini, u Rossiyada yashashini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют