» » O‘zbekistonda 2020-yildan Chevrolet Onix ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda 2020-yildan Chevrolet Onix ishlab chiqariladi


UzAuto Motors kompaniyasi 2020-yilda Chevrolet Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yubordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

“2020-yil davomida ushbu avtomobil (Onix)ni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida korxonada sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarish jarayoni 6-yanvargacha vaqtincha to‘xtatiladi”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, 2020-yilda yangi modellarni o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish jarayonida qisqa tanaffuslar kuzatilishi kutilmoqda.

“Biroq bu kompaniya tomonidan xaridorlarga avtomobilni o‘z muddatida yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmaydi”, — deya va’da bermoqda UzAuto Motors.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют