» » Aliment pulini kech to‘lagan qashqadaryolik ota 2020-yilni qamoqda kutib oladigan bo‘ldi

Aliment pulini kech to‘lagan qashqadaryolik ota 2020-yilni qamoqda kutib oladigan bo‘ldi


Qashqadaryoda aliment pulini o‘z vaqtida to‘lamagan ota Yangi — 2020-yilni qamoqda kutib oladigan bo‘ldi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova “Daryo”ga ma’lum qildi.

Kitob tumanidagi “Beshqozoq” mahallasida yashovchi qarzdor U.J. fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2019-yil 2-maydagi qaroriga asosan bir nafar farzandi uchun qariyb 5 million so‘m aliment to‘lashi lozim edi. Ammo qarzdor 2019-yilning 1-aprelidan shu kunga qadar aliment pulini to‘lamay kelgan.

Davlat ijrochilari tomonidan ko‘p marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, mavjud 4,74 million so‘m qarzdorligini to‘lamagan otaga 23-dekabr kuni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

“27-dekabr kuni qarzdor ota U.J.ning oila a’zolari qarzdorlikni to‘liq bartaraf etdi, ammo, afsuski, aliment pulini o‘z vaqtida to‘lmagan ota bayramni baribir qamoqda kutib oladigan bo‘ldi”, – deydi Gulnoza Dilmurodova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют