» » Tashkent City’da 31-dekabr kuni dronlar shousi o‘tkaziladi

Tashkent City’da 31-dekabr kuni dronlar shousi o‘tkaziladi


31-dekabr kuni Tashkent Cityda dronlar shousi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan tomosha Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan.

Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, 20:00 dan keyin boshlanishi rejalashtirilayotgan shouda 250 ta dronning parvozi nazarda tutilgan bo‘lib, bunday yirik ko‘lamli tomosha Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etildi.

Dronlar 150 metr balandlikda va 250 metr kenglikda harakatlanadi. Mazkur dronlar 2019 yil dekabr oyida “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan Xitoydan olib kelingan bo‘lib, ularning soni bugungi kunda 300 tani tashkil etadi.

Kelgusida ularning sonini 1000 taga yetkazish rejalashtirilgan. Dronlar yaqin yillarda O‘zbekistonda ham ishlab chiqarila boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют