» » APL. “Arsenal” o‘z uyida “Manchester Yunayted” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

APL. “Arsenal” o‘z uyida “Manchester Yunayted” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 21-turining markaziy o‘yinida 1-yanvar, chorshanba kuni Mikel Arteta qo‘l ostiga o‘tgan Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts”da Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq “to‘pchilar” hujumchisi Nikolya Pepe hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqaga kelib londonliklar himoyachisi Sokratis Papastatopulos hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “Arsenal” “Yunayted”ga qarshi kechgan bahsda Arteta qo‘l ostidagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng London klubi ochkolari sonini 27 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qizil iblislar” esa 31 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

APL

21-tur bahslari

1-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 — 8 Pepe, 2:0 — 42 Papastatopulos.

“Arsenal”: Leno, Kolashinats (Saka, 69), David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, O‘zil, Jaka, Torreyra, Pepe (Nelson, 62), Lyakazett (Gunduzi, 82), Obameyang

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Matich (Mata, 81), Jeyms (Grinvud, 58), Fred, Lingard (Pereyra, 58), Marsyal, Reshford

Ogohlantirishlar: Kolashinats (3), Saka (82)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2020, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют