» » Rossiyada davlat telekanallari Putinning Yangi yil tabrigi videosiga layklar va izoh yozishni o‘chirib qo‘ydi

Rossiyada davlat telekanallari Putinning Yangi yil tabrigi videosiga layklar va izoh yozishni o‘chirib qo‘ydi


Rossiyada davlatga qarashli “Birinchi kanal” (“Perviy kanal”) va “Rossiya 24” kanali Youtube’da prezident Vladimir Putinning Yangi yil tabrigi videosiga layk (yoqdi) va dizlayk (yoqmadi) tugmalarini, shuningdek, izohlar yozishni o‘chirib qo‘ydi. Meduza’ning yozishicha, bunga birinchi bo‘lib “Exo Moskvi” junalisti Aleksandr Plyushyev e’tibor bergan.

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar videoga layk yoki dizlayk bosishi mumkin, lekin natijalar ko‘rinmaydi. “Birinchi kanal”dagi videoni 100 mingdan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgan, “Rossiya 24”dagi video esa 2,7 million martadan ortiq ko‘rilgan.

NTV telekanali orqali namoyish etilgan prezidentning bayram tabrigi videosiga ham izoh yozish funksiyasi o‘chirib qo‘yilgan. Lekin unda layk va dizlayklar sonini ko‘rsatuvchi statistika ochiq qoldirilgan. Xabar yozilgan vaqtda unda 11 mingta layk va 46 mingta dizlayk bosilgan. Videoni 600 mingdan ortiq kishi tomosha qilgan.

Rossiya prezidentining 2019-yilgi Yangi yil tabrigida dastlab izoh yozish va bosilgan layklar sonini ko‘rsatish dastlab ochiq bo‘lgan, lekin keyinchalik bu imkoniyat ham o‘chirib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют