» » Yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilinadi

Yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilinadi


O‘zbekistonda qurilish sohasi bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining ‘2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.

Qayd etilishicha, Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qaror loyihasi qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish me’yorlari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilishi aytiladi.

Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning hosildorlik oshishiga, suv va moddiy (elektroenergiya, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) resurslar iqtisod qilinishiga ta’sirini mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda o‘rganadi va 2020-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.

Mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan qoplanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют