» » Mirjalol Qosimov deputatlikka saylandi

Mirjalol Qosimov deputatlikka saylandi


O‘zbekistonning yaqin o‘tmishdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri, ayni damda Olmaliqning OKMK klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Mirjalol Qosimov deputat bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Qosimovning ishonchli vakillaridan biri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Mirjalol Qosimov nomzodi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga qo‘yilgan. 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda yetarlicha ovoz olgan Qosimov deputatlikka saylangan.

Ma’lumot uchun, 49 yoshli mutaxassis qo‘l ostidagi OKMK ortda qolgan mavsum O‘zbekiston chempionatida 8-o‘rinni band etdi. Mamlakat kubogi finalida esa “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli reper Shohruh O‘zLiDePdan Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga xalq deputati etib saylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют