» » Superliga. OKMK bugun “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushadi

Superliga. OKMK bugun “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushadi


20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turining markaziy o‘yinida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK jamoasi o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:15 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar 4-turda Toshkentning boshqa bir klubi “Lokomotiv”ga yengilgan bo‘lsa (1:2), “Bunyodkor” klubi esa “Andijon”ni Jasur Jaloliddinovning kiritgan yagona goli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).

Ma’lumot uchun, “qaldirg‘ochlar” 6 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda bormoqda. OKMK esa 4 ochko jamg‘arib, 11-pog‘onadan joy egallab turibdi.

Superliga

5-tur bahsi

20-aprel, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют