» » Superliga. “Andijon” bugun “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi, “Dinamo” esa “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi

Superliga. “Andijon” bugun “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi, “Dinamo” esa “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi


13-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning dastlabki o‘yinida Samarqandning “Dinamo” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:15 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, samarqandliklar musobaqaning 3-turida “Metallurg” ustidan kichik hisobda zafar quchgan bo‘lsa (2:1), “So‘g‘diyona” “Surxon”ga yirik hisobda yutqazgandi (0:3).

Shu kuni Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Andijon” bilan bahsga kirishadi. O‘yinga soat 18:20 da start beriladi.

Ma’lumot uchun, “qaldirg‘ochlar” so‘nggi turda safarda kechgan o‘yinda “Navbahor”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (3:2). Andijonliklar esa “Lokomotiv” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘z darvozasidan javobsiz 4 ta gol olib chiqqandi (0:4).

Superliga

4-tur bahslari

13-aprel, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют