» » Superliga. “Lokomotiv” bugun o‘z maydonida OKMKni qabul qiladi, “Paxtakor” esa “Surxon” mehmoni bo‘ladi

Superliga. “Lokomotiv” bugun o‘z maydonida OKMKni qabul qiladi, “Paxtakor” esa “Surxon” mehmoni bo‘ladi


14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turi doirasida so‘nggi 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning dastlabki o‘yinida Surxondaryoning “Surxon” klubi o‘z maydonida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:15 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, surxondaryoliklar 3-turda “So‘g‘diyona” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, poytaxtliklar esa “Nasaf”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Turning markaziy o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi chempion Andrey Fyodorov boshliq “Lokomotiv” Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK jamoasi bilan jang qiladi. To‘qnashuv soat 16:30 da start oladi.

Ma’lumot uchun, toshkentliklar 3-turda “Andijon”ni yirik hisobda taslim qilgandi (4:0). Olmaliq klubi esa “Qo‘qon-1912”ni o‘ta yirik — 7:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Turga “Qo‘qon-1912”—“Buxoro” uchrashuvi yakun yasaydi. Bahsga soat 17:00 da start beriladi. Ta’kidlash joiz, buxoroliklar Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan durang o‘ynagandi (1:1).

Superliga

4-tur bahslari

14-aprel, yakshanba

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют