» » O‘rta yer dengizi parhezi 2020-yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi

O‘rta yer dengizi parhezi 2020-yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi


U.S. News & World Report ekspertlari dunyodagi eng ommabop 35 ta parhezni baholadi. Mazkur reytingda O‘rta yer dengizi parhezi 2020-yilda eng yaxshisi deb topildi.

“O‘rta yer dengizi davlatlarida odamlar uzoqroq yashaydi va aksariyat amerikaliklarga nisbatan saraton va yurak qon-tomir kasalliklariga kamroq chalinadi. Buning siri oddiy — faol hayot tarzi, vaznning doimiy nazorati, qizil go‘sht, shakar, yog‘ kam bo‘lgan va energetik jihatdan qimmatli, salomatlik uchun foydali mahsulotlarga boy bo‘lgan parhez”, — deyiladi bunga qoldirgan izohda.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni tuz, shakar va yog‘ ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni kamaytirish yoki ulardan to‘liq voz kechishni nazarda tutuvchi DASh-parhez egalladi.

Uchinchi o‘rin moslashuvchan vegetarian parheziga nasib qildi. Mazkur parhez go‘shtdan voz kechishga chaqiradi, biroq istisnolar ham bor — juda istalgan taqdirda uni iste’mol qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют