» » Uzumning 5 ta ajoyib xususiyati

Uzumning 5 ta ajoyib xususiyati


Sog‘lom va to‘g‘ri parhez qilish – mukammal hayot garovi hisoblanadi. Lekin biz o‘z ishlarimiz bilan shunday mashg‘ulmizki, hatto tanamizni nimalar bilan oziqlantirayotganimiz haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Ko‘pchiligimiz to‘g‘ri ovqatlanmaymiz va buning natijasida organizmda foydali moddalar yetishmaydi. Bu muammoni biz kundalik iste’molimizga bir necha shingil uzum qo‘shish orqali hal qilishimiz mumkin.

Albatta, uzum hamma muammolarni bartaraf eta olmaydi, lekin u eng mazali, foydali va to‘yimli rezavor mevalardan biri hisoblanadi.

Sizni uzum yeyishga undovchi bir necha sabablarni keltirmoqchimiz.

Uzum tarkibidagi resveratrol antioksidanti husnbuzarlarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning o‘sishini kamaytiradi. Mutaxassislarning fikricha, bu antioksidant benzoil peroksidi bilan qo‘shilib husnbuzarlarni davolashni ta’minlash xususiyatiga ega bo‘ladi.

Uzum tarkibidagi ko‘plab kletchatkalar va to‘yimli moddalar hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilaydi, me’da buzilishi va ich qotishining oldini oladi. Glikemik ko‘rsatkichi past bo‘lgan bu mazali meva – ozuqa tolalari kam bo‘lgan ratsionli ovqatlanadiganlar uchun eng yaxshi tanlov hisoblanadi.

Uzum danaklari ekstrakti xolesterinning yuqori miqdorini davolashda va saratonning oldini olishda yordam beradigan davolovchi xususiyatlarga boy. Shuningdek, u suyaklarni ham mustahkamlaydi.

Sog‘lom va to‘yimli parhez haqiqatan ham astmani davolashga yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, meva va rezavor mevalarni ko‘proq iste’mol qiladigan bolalar bu kasallikka kamroq chalinar ekan. Uzum danaklari ekstrakti yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega, bundan tashqari u o‘pkalar faoliyatini yaxshilaydi va ularning hajmini oshiradi.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, uzum yoki tarkibida polifenollar bo‘lgan boshqa oziq-ovqatlarni iste’mol qilish yurak-tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytirar ekan.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 18:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют