» » O‘zbekistonda kishi boshiga 32 kilogrammdan uzum to‘g‘ri keladi

O‘zbekistonda kishi boshiga 32 kilogrammdan uzum to‘g‘ri keladi


O‘zbekistonda 2016-yilda 1,7 million tonna uzum hosili olingan bo‘lsa, 2017-yilda 1,9 million tonna uzum yetishtirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zvinosanoatxolding” xolding kompaniyasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Adiba Ahmadjonovaning ma’lum qilishicha, 2014 yilda 2 ming gektar tokzor tashkil qilingan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu maydonlar 2 baravar ortdi. Joriy yilda yana 1 ming 400 gektarda tokzor barpo etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan uzum hajmi kishi boshiga 32 kilogrammdan to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston uzumi va undan qayta ishlangan mahsulotlar 24 davlatga eksport qilinmoqda, 2016-yilda 72 ming tonna mayiz tashqi bozorga chiqarildi.

Qo‘shrabot, Xatirchi tumanlarida mayizbop uzum mo‘l yetishtirilmoqda, 2017-yilda mazkur tumanlarda xo‘raki uzumni quritish va qadoqlab, eksport qilishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют