» » 2017-yilda Qozog‘istonga yarim million tonnadan ziyod meva-sabzavotlar eksport qilinadi

2017-yilda Qozog‘istonga yarim million tonnadan ziyod meva-sabzavotlar eksport qilinadi


O‘zbekiston 2017-yilda Qozog‘istonga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini 560 ming tonna yoki 410 million dollargacha yetkazmoqchi, deb yozadi “Gazeta.uz” “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga tayanib.

O‘tgan yili Qozog‘istonga 307 million dollarlik 482,6 ming tonna sabzavot, meva, poliz ekinlari, uzum, dukkaklilar va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu 2015-yildagi ko‘rsatkichdan 89,6 ming tonnaga yoki 23 foizga ko‘p demakdir.

Joriy yilning yanvar—fevralida qo‘shni mamlakatga ho‘l va quruq meva-sabzavotlar eksporti 22 ming tonna — 15,9 million dollardan ziyodni tashkil etdi. Bundan tashqari, 3,35 million dollarlik sharbatlar, murabbolar, salqin ichimliklar va konservalangan oziq-ovqatlar eksport qilindi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют