» » Ozbekiston Prezidenti Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan qishloq xojaligi loyihalari bilan tanishdi

Ozbekiston Prezidenti Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan qishloq xojaligi loyihalari bilan tanishdi


20172018-yillarda Xatirchi, Nurota va Qiziltepa tumanlarida 835 gektar maydonda yangi tokzorlar va kochatxonalar tashkil etilmoqda, deya xabar bermoqda OzA.

Bugungi kunda viloyatda mavjud 6,5 ming gektar tokzorning 4,2 ming gektari fermer xojaliklari tasarrufida bolib, ularning 65 foizida kishmish, 30 foizida xoraki, qolgan qismida sanoatbop uzum yetishtirilmoqda. Joriy yilda yuqoridagi tumanlarda 416 gektar, 2018 yilda 419 gektar tokzorlar barpo etilishi kozda tutilgan.

Viloyatda joriy yilda yangi intensiv bog va issiqxonalar, muzlatkichli omborxonalar tashkil etish hisobiga meva-sabzavot yetishtirish va uni qayta ishlash, chorvachilik yonalishida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi. Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kredit mablaglari hisobiga bu borada 101 loyihani hayotga tatbiq etish moljallanmoqda. Jami 1 ming 300 ga yaqin kishi ish bilan taminlanadi.

Navoiy viloyatida tashrif bilan bolib turgan Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihalarning samaradorligiga etibor qaratdi. Hududda qishloq xojalik mahsulotlari yetishtirishni kopaytirish va uni qayta ishlashni kengaytirish pirovardida xalqimizning turmush darajasini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini takidladi.

Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Xonadonlarda 100 boshdan parranda boqishni yolga qoyish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlarga singdirish lozim

Navoiy viloyati qorakol teri yetishtirish boyicha mamlakatimizda yetakchi hisoblanadi. Viloyatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulk shaklini ozgartirish va fermerlik harakatini rivojlantirish borasidagi ishlar mazkur sohada yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Prezidentning 2017-yil 16-martdagi Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bolmoqda.

Qarorga muvofiq viloyatdagi 23 qorakolchilik shirkat xojaligi fermer xojaligiga, naslchilikka ixtisoslashgan iqtisodiy barqaror 8 shirkat xojaligi 12 masuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladi. Natijada viloyatdagi 23 shirkat balansida bolgan chorva mollari, qura-qotonlar, suv inshootlari va boshqa mol-mulklar kim oshdi savdolari orqali sotilib, 900 dan ortiq fermer xojaligi tashkil etiladi. Ularga chorva mollarini boqish uchun 2,7 million gektar yer maydoni beriladi.

Mol-mulklarni sotish natijasida tushgan mablaglar kredit qarzlarni qoplashga yonaltiriladi. Qolgan mablaglar xojalik azolarining pay ulushlari boyicha teng taqsimlanadi. Viloyatdagi qorakolchilik shirkat xojaliklarida mulk shakli va unga bolgan munosabat tubdan ozgarib, sohada 2 ming 250 ish orni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonning korakol terilari dovrugi butun dunyoda mashhur ekani, yangi mulk shakliga otish tarmoqda samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Shirkat xojaliklarida teri yetishtirishning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, chorva mollari tuyoq sonini, qorakol teri va junni qayta ishlash hajmini kopaytirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish boyicha tavsiyalar berdi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (28-03-2017, 19:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -