» » Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida tashkil etilayotgan chorvachilik loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida tashkil etilayotgan chorvachilik loyihalari bilan tanishdi


Buxoro viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peshku tumanida tashkil etiladigan chorvachilik kompleksi loyihasi bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, chorvachilik, xususan, naslchilik ishlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samarasida 2016-yilda Buxoro viloyatida qoramollar bosh soni 2015-yilga nisbatan 4,1 foizga, qo‘y va echkilar 5,5, go‘sht yetishtirish 7,1, sut ishlab chiqarish 9,5 foizga oshdi.

Yangi chorvachilik kompleksi 1000 bosh qoramol va 1 ming 500 bosh qo‘y boqishga mo‘ljallangan. Umumiy qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur loyiha natijasida 2 ming 650 tonna sut, 200 tonna go‘sht, 2,5 tonna jun ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 800 gektar maydonda ozuqa yetishtiriladi. 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Shu yerda Buxoro, Peshku, Romitan, Olot tumanlarida tashkil etilayotgan boshqa chorvachilik xo‘jaliklari loyihalari ham namoyish etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 21:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют