» » Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalarni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalarni ko‘zdan kechirdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

“Nishon ko‘zgu” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan Qarshi shahrida chorva mollari avtomatizatsiyalashgan kushxona, go‘shtni saqlash va qadoqlash kompleksi tashkil etilmoqda. Buning uchun xorijdan zamonaviy uskunalar olib kelib o‘rnatilgan. Ushbu loyiha iqtisodiy samaradorlik bilan birga ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Zamonaviy kushxona va muzlatkich oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi hamda xavfsizligini ta’minlaydi, 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

Davlat rahbari bunday kushxonalarni barcha hududlarda tashkil etish, veterinariya va sanitariya xizmatlarini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. 

Yakkabog‘ tumanida tashkil etilayotgan “Qorabayir otchilik majmuasi” xo‘jaligi naslchilikni saqlash va rivojlantirish, qorabayir zotli otlarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan. Majmuada 200 tagacha yilqi boqilib, ichki va tashqi bozorlarga sotiladi. 40 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi. Qorabayir otlari milliy iftixor ekani, ularni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. 

Davlat rahbari Koson tumanida barpo etiladigan chorvachilik kompleksi loyihasini ko‘zdan kechirdi. Ikki ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan zamonaviy tipdagi chorvachilik kompleksi nafaqat viloyat, balki mamlakatning boshqa hududlari aholisini ham go‘sht va sut bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy qiymati 14 milliard so‘m bo‘lgan loyihani kelgusi yilning birinchi choragida to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Majmua qurilishi uchun 12 gektar, chorva mollariga ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun 750 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu yerda yiliga 4 ming 280 tonna sut va 210 tonna go‘sht yetishtirish, 140 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Prezident chorvachilik kompleksiga xorijdan nasldor qoramollar olib kelish, ularni zarur texnologiyalar asosida parvarishlash, yetishtirilgan mahsulotni shu yerning o‘zida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdi, mutaxassislarga zarur tavsiyalar berdi.

Qamashi tumanida 5 ming bosh kurka boqishga mo‘ljallangan majmua tashkil etiladi. Zamonaviy texnologiyalar o‘rnatiladigan majmuada yiliga 20 ming bosh kurka jo‘jasi yetishtirilib, aholiga yetkazib beriladi. Uni joriy yilning dekabr oyida ishga tushirish, 30 ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda. Prezident mazkur loyiha har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatish va oilalar daromad manbaini yaratishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Davlat rahbari Tallimarjon suv omborining tabiiy havzasida baliq yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi. Yangi agrofirma viloyatdagi baliqchilik xo‘jaliklariga o‘z faoliyatini samarali tashkil etishi uchun mashina-mexanizm xizmatlari, baliq uvildiriqlari, omuxta yem yetkazib beradi. Yetishtirilgan baliqni sotish yoki qayta ishlashni tashkil etishda ham ko‘maklashish ko‘zda tutilgan. Yiliga 500 tonna baliq qayta ishlovchi agrofirmada 90 ish o‘rni tashkil etiladi.

Qamashi tumanida quyon yetishtirish, quyon go‘shti va terisini qayta ishlashga ixtisoslashgan xo‘jalik tashkil etilmoqda. “Qamashi momiq quyonlari” agrofirmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha samarasida 30 ming bosh quyon yetishtirilib, yiliga 120 tonna go‘sht va 40 ming dona jun tayyorlanadi. Xo‘jalikda 30 kishi ishlaydi. Bundan tashqari, quyonlar 500 xonadonga tarqatiladi. Aholi parhez go‘sht va qo‘shimcha daromad bilan ta’minlanadi.

Davlat rahbari “Qarshi nasos stansiyalar kaskadini qayta tiklash — III-faza” loyihasi bilan tanishdi. Ushbu loyiha viloyatda suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 
Loyiha Qarshi nasos stansiyalar kaskadi 1—6-nasos stansiyalarining 9 nasos agregatini yangilash, 850 metr quvurlarni yangilash, suv keltiruvchi kanalni loyqadan samarali tozalash ishlarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun jami 128,934 million dollar mablag‘ sarflanadi.

Loyihani bajarish natijasida 402 ming gektar sug‘oriladigan maydonning suv ta’minoti yaxshilanadi. Nasos stansiyalarida har yili 106,55 million kilovatt-soat elektr energiya tejalib, qishloq xo‘jaligida daromadlar oshishiga, pirovardida hududni yanada taraqqiy ettirishga erishiladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют