» » Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yangi qurilayotgan obyektlar va ishlab chiqarish korxonalari loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yangi qurilayotgan obyektlar va ishlab chiqarish korxonalari loyihalari bilan tanishdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida yangi qurilayotgan obyektlar, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ishlab chiqarish korxonalari loyihalarini ko‘zdan kechirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Davlat rahbari Qarshi tumanida yengil sanoatni rivojlantirish borasidagi yangi loyihalar bilan tanishdi. 

Prezidentga ko‘rsatilgan birinchi loyiha — 2017-2019 yillarda viloyatda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli dastur bo‘lib, unda 17 korxona tashkil etish rejalashtirilgan. 

“O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda qator tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan dastur doirasida 3000 ga yaqin ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda viloyatda 7 to‘qimachilik korxonasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalar hududda yetishtirilayotgan paxta tolasining 10 foizini qayta ishlash quvvatiga ega. 

Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “LT Tekstil Interneyshnl” O‘zbekiston — Xitoy—Niderlandiya qo‘shma korxonasi loyihasi bilan tanishar ekan, Qashqadaryo viloyati mamlakatda paxta tolasini yetishtirish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallashi, bu imkoniyatdan unumli foydalanish, yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlab, bozorga tayyor mahsulot chiqarish katta samara berishini alohida qayd etdi.

Mazkur korxonaning ishga tushirilishi hududda yetishtirilayotgan paxta tolasini shu yerning o‘zida qayta ishlash, aholining real daromadlarini oshirish imkoniyatini yaratadi. Yiliga 22 ming tonna raqobatbardosh aralash ip kalava va 50 million kvadrat metr ip gazlama ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan korxona mahsulotlarining 80 foizi eksportga yo‘naltiriladi. 

Prezident shu yerning o‘zida Yakkabog‘ tumanidagi sobiq “Yakkabog‘ teks” korxonasi negizida barpo etilayotgan Universal Taraqqiyot Tekstil qo‘shma korxonasiga qo‘shimcha investitsiya kiritish loyihasi bilan ham tanishdi. Korxonada viloyatda yetishtirilgan paxta tolasi qayta ishlanib, mato va choyshablar ishlab chiqariladi. 400 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilayotgan korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 6 million kvadrat metr mato, 2 million juft yotoq choyshablari tayyorlanadi.

Zamonaviy va energiya tejamkor texnologik uskunalar bugun barcha ishlab chiqarish jabhalariga tatbiq etilmoqda. Qarshi shahridagi sobiq paxta tozalash zavodi negizida tashkil etilayotgan Wood D?cor Production qo‘shma korxonasi ana shunday zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanmoqda. Shveysariyaning Rieter, Yaponiyaning Murata, Yamata, Germaniyaning Mayer kompaniyalarining yuqori samaradorlikka ega dastgohlari o‘rnatilayotgan korxonada dunyo bozorida raqobatbardosh sifatli ip kalavadan tortib tayyor mahsulotgacha ishlab chiqariladi. Prezident taqdim etilayotgan loyiha samaradorligini oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

G‘uzor tumanidagi sobiq paxta tozalash korxonasi negizida gazlama ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihasi bilan tanishar ekan, Prezident yangi ish o‘rinlari yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Loyiha ishga tushgach 600 ish o‘rni yaratiladi.

Paxta ekin maydonlarini optimallashtirilishi va ishning mavsumiyligini hisobga olib, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tizimda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad olish maqsadida Qashqadaryo viloyatidagi yog‘-moy korxonalarining bo‘sh maydonlarida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqda. Koson tumanida tashkil etiladigan meva-sabavotlarni quritish sexi shulardan biri. 100 dan ziyod ish o‘rni yaratiladigan korxonada 10 ming tonna mahsulot qayta ishlanadi. Qarshi shahrida tashkil etiladigan muzlatkichda 500 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlanadi. O‘n ish o‘rni yaratilayotgan omborxona joriy yilda foydalanishga topshiriladi. 

Prezidentga Qarshi tumanida tashkil etiladigan 20 ming parranda boqish rejalashtirilayotgan majmua loyihasi haqida ham so‘zlab berildi. Yil davomida aholini sifatli parhez go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlashga mo‘ljallangan majmua faoliyat boshlagach 22 kishi doimiy ish joyiga ega bo‘ladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют