» » Shavkat Mirziyoyev: Xonadonlarda 100 boshdan parranda boqishni yo‘lga qo‘yish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlarga singdirish lozim

Shavkat Mirziyoyev: Xonadonlarda 100 boshdan parranda boqishni yo‘lga qo‘yish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlarga singdirish lozim


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif Qiziltepa tumanidagi “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi shiyponida bo‘lib, viloyatda qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. O‘zAning yozishicha, Prezident bu yerda ming bosh qoramol va ming bosh echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi hamda sutni qayta ishlash zavodi tashkil etish loyihasini ham ko‘zdan kechirdi.

Loyiha qiymati 18 milliard so‘m bo‘lgan ushbu majmua uchun 510 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilgan. Ushbu majmuada yiliga 3 ming 650 tonna sut va 150 tonna go‘sht yetishtirish, 6 ming tonna sutni qayta ishlash ko‘zda tutilmoqda. 200 ish o‘rni yaratiladi. Kompleks 2018-yilda to‘liq ishga tushiriladi.

Joriy yilda Xalq banki tomonidan Navoiy viloyatining Navbahor, Qiziltepa, Nurota tumanlarida qoramol va nasldor echki parvarishlashga mo‘ljallangan yana 5 loyiha amalga oshiriladi. Natijada viloyatda sut yetishtirish yiliga 7 ming 700 tonna, go‘sht yetishtirish 480 tonnaga ortadi. Qo‘shimcha 173 ish o‘rni tashkil etiladi.

Tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha aholi bilan suhbatlar o‘tkazish kerak. Xonadonlarda 100 boshdan parranda boqishni yo‘lga qo‘yish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlarga singdirish lozim. Aholining o‘z tomorqasidan foydalanib, daromad topishga ishtiyoqi kuchaysa, ularning farovonligi ortadi. Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Tumandagi To‘dako‘l suv ombori havzasida Vyetnam texnologiyasi asosida yiliga ming tonnadan ziyod baliq baliq yetishtirish mo‘ljallanmoqda. Natijada viloyatda yiliga baliq yetishtirish ko‘rsatkichi 8,5 ming tonnaga yetkaziladi.

Tumandagi “Akva To‘dako‘l” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi tomonidan baliq chavog‘i yetishtiruvchi inkubatsion sex, 250 tonnalik muzlatkichli omborxona, ming tonna baliqni qayta ishlash, 400 tonna baliq filesi hamda 350 tonna yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish sexlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. “Ipotekabank” krediti evaziga yangi havzalar qazish va ularda suv ta’minotini yaxshilash uchun xorijdan maxsus texnika va mexanizmlar, nasoslar sotib olinadi.

Loyihaning umumiy qiymati 18,7 milliard so‘m bo‘lib, shundan 13,3 milliard so‘mi bank kreditlari, 5,4 milliard so‘mi korxona mablag‘idir. Ushbu loyiha aholiga sifatli baliq mahsulotlari yetkazib berish, 90 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 19:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 42) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют