» » Tramp Erondagi 52 ta obyektga zarba berilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Tramp Erondagi 52 ta obyektga zarba berilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron amerikaliklarga yoki Qo‘shma Shtatlar obyektlariga hujum qilsa, Erondagi 52 ta obyektga zarba berilishi haqida ogohlantirdi.

“Bu ogohlantirish bo‘lsin: agar Eron amerikaliklar yoki AQSh obyektlariga zarba bersa, biz Eron tomonidan uzoq yillar avval garovga olingan 52 kishini ifodalovchi Erondagi 52 ta nishonni tanladik”, — deb yozgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Tramp garovga olingan 52 kishi deganda, 1979-yil AQShning Tehrondagi elchixonasida yuz bergan hodisani nazarda tutgan. O‘shanda bir guruh eronliklar AQSh elchixonasidagi o‘nlab odamlarni garovga olgan. Ulardan ba’zilarini tezda ozod qilishga muvaffaq bo‘lingan, biroq 52 kishi 1981-yilga kelibgina ozod qilingan.

AQSh prezidenti aniq nishonlarni keltirmagan, ammo uning aytishicha, tanlangan ayrim obyektlar Eron hamda uning madaniyati uchun juda ahamiyatli hisoblanadi.

“Biz bu nishonlarga, Eronga tez va juda kuchli zarba beramiz. AQSh boshqa tahdidlarni eshitishni istamaydi!”, deya qo‘shimcha qilgan Tramp.

Mavzuga doir: AQSh va Eron o‘rtasidagi urush muqarrarmi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2020, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют