» » Toshkent shahar hokimligi kelgusida poytaxt hududini kengaytirish rejasi haqida ma’lumot berdi

Toshkent shahar hokimligi kelgusida poytaxt hududini kengaytirish rejasi haqida ma’lumot berdi


Toshkent shahar hokimligi yaqin vaqt ichida poytaxt ma’muriy chegarasi kengaytirilishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lumot berdi, deb yozadi UzNews.

Qayd etilishicha, Toshkent doimiy rivojlanib, yangi infratuzilma va ijtimoiy obyektlar paydo bo‘lmoqda, yangi turar joy massivlari va majmualari qurilmoqda, poytaxt aholisi ortib bormoqda.

“Aholi turmush sifatini yaxshilash, shahar qiyofasini zamonaviy talablarga javob beradigan arxitektura va shaharsozlikni yaratish, shuningdek, Toshkent viloyatining ayrim chegara tumanlari va shaharlari bilan yangi shahar obyektlari va yaqin aglomeratsiya qurilishi tufayli Toshkent vaqti-vaqti bilan ma’muriy chegaralarni kengaytirish talab etiladi”, — deyiladi xabarda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2 554 900 kishini tashkil etdi. Kadastr bo‘linmasiga ko‘ra, shaharning umumiy maydoni 33 500 gektar yoki 334 km2.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют