» » Internet foydalanuvchilari dunyodagi eng boy odamlarning g‘alati qiziqishlarini oshkor qildi

Internet foydalanuvchilari dunyodagi eng boy odamlarning g‘alati qiziqishlarini oshkor qildi


Reddit foydalanuvchilari dunyoning eng boy odamlari aslida nimalarga qiziqishini fosh qildi. Yakunda muhokama 14 mingdan ortiq izoh yig‘di.

AskReddit maxsus bo‘limiga joylangan “Superboylar oddiy odamlar umrida eshitmagan qanday narsalarga ishqiboz?” — degan savolga resurs tashrifchilari millionerlarning noodatiy moyilliklari haqida minglab misollarni jo‘natdi.

“Ular kechki ovqatni chet elda yeydi. Men shunday boy londonliklar haqida eshitganmanki, ular o‘z vertolyotlariga minib, kechki ovqatni yeyish uchun Parijga uchib ketadi, so‘ng yana qaytib keladi”, — deb yozdi ulardan biri.

“Ular mavsumiy jihozlardan foydalanadi: ‘Aprel ham kelib qolibdi. Bahorgi kushetka va kreslolarni chiqarish, qishki ovqatlanish stolini va Xitoy servizini esa bahorgisiga almashtirish vaqti keldi. Va, yaxshisi, barcha mos pardalarni olish kerak’”, — deya yana bir foydalanuvchi boylarni masxara qildi.

Ba’zilar esa mish-mishlarni aytish o‘rniga, o‘z hayotida uchratgan voqealar bilan bo‘lishdi. “Men avval ishlagan kompaniya bosh direktori o‘z hovlisida ulkan basseyn qazdirib, u yerga cho‘kib ketgan kemani kiritgandi, u akvalang bilan basseynga tushib, kema atrofida suzib yurardi”, — deb yozdi u.

“Men Nyu-Yorkda hashamatli apartamentlar bilan bitta binoda joylashgan kitob do‘konida ishlaganman. Bir kuni u yerga er-xotin kirib keldi. Ular endi ko‘chib kelganini, uy kutubxonasini chiroyli qilib tashkil qilish uchun ularga bir dunyo kitob kerakligini aytdi. Ular bizga qanday kitoblar ularga kerakligi haqida ko‘rsatma berdi. Ammo asosan bizning tavsiyalarimizga tayangan holda, ularni aqlli va o‘qimishli qilib ko‘rsatadigan asarlarni ko‘tarasiga sotib oldi. Ular kimlargadir o‘z kutubxonalari borligini ko‘z-ko‘z qilish uchun bizga 25 ming dollar to‘ladi”, — deya so‘zlab berdi yana bir foydalanuvchi.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют